02.06.2025 11:24
97
Toʻqaev 2029 yilda prezidentlik kursisini boʻshatishini aytdi
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toʻqaev amaldagi etti yillik prezidentlik muddati tugagach, 2029 yili prezident lavozimini tark etishini maъlum qildi.
Uning taъkidlashicha, har qanday davlat prezidenti Xudoning erdagi elchisi emas, balki oddiy xalq xizmatkoridir.
Toʻqaev Al Jazeera telekanaliga bergan intervьyusida bunday qaror jamoatchilik kutganidek, uning shaxsiy tanloviga ham mos keladi.
"2029 yilda men isteъfoga chiqishimni eъlon qilganman. Chunki bu xalqimning va oʻzimning shaxsiy talabimdir", degan u.
Qozogʻiston rahbari prezident rolini davlat menejeri pozitsiyasi sifatida qabul qilishini taъkidladi.
Maъlumot uchun, Qosim-Jomart Toʻqaev 2019 yil 20 mart kuni Nursulton Nazarboev isteъfoga chiqqanidan keyin Qozogʻiston prezidenti lavozimiga kirishgandi. 2019 yil iyunь oyida boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari saylovda u 70 foizdan ortiq ovoz toʻplab gʻalaba qozongan.