05.06.2024 12:45

Toliblar Qozogʻiston "Tolibon"ni terrorchi tashkilotlar roʻyxatidan chiqarganini olqishladi

Afgʻoniston hukumati Qozogʻiston rasmiylarining harakatni terrorchilik tashkilotlari roʻyxatidan chiqarib tashlash haqidagi qarorini qoʻllab-quvvatlaydi va Ostona bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish niyatida. Bu haqda Afgʻoniston tashqi ishlar vazirligi bayonotida maʻʻlum qilindi.

“Afgʻoniston Islom Amirligi Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqaevning "Tolibon" harakatini taʻʻqiqlangan guruhlar tarkibidan chiqarilishi haqidagi qarorini olqishlaydi”, — deyiladi Tolibon TIV rasmiy vakili Abdul Qahhor Balxiyning X ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida.

“Qozogʻiston Afgʻonistonning mintaqadagi savdo va tranzit borasidagi muhim hamkoridir va bu qaror ikki tomonlama munosabatlarda taraqqiyot va iqtisodiy hamkorlikni oshirishga yoʻl ochadi, bu esa har ikki davlatga foyda keltiradi”, — deyiladi matnda.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 3 iyun kuni Qozogʻiston prezidenti Afgʻoniston bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida respublika Tolibonni terrorchilar roʻyxatidan chiqarganini aytgan edi. Toqaevning fikricha, hozirgi bosqichdagi strategik vazifalardan biri Qobulni mintaqalararo aloqalarga faol jalb etishdir. Shu bilan birga, Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Aybek Smadiyarov Ostona Tolibonni 2023 yil dekabrida taqiqlangan tashkilotlar roʻyxatidan chiqarish toʻgʻrisidagi qarorini eʻʻlon qildi.

Mavzuga aloqador