25.03.2025 13:39
543

Tojikistonda Ramazon hayiti 30 mart kuni nishonlanishi mumkin

Tojikistonda joriy yilda Ramazon oyining 29 kun davom etishi kutilmoqda, Ramazon hayiti esa 30 mart kuni nishonlanishi mumkin. Bu haqda Tojikiston Diniy ishlar qoʻmitasi “Aziya-Plyus” nashriga maъlum qilgan.


Xabarda keltirilishicha, Ulamolar kengashi 27 mart kuni yigʻilish oʻtkazib, Ramazon hayiti sanasi boʻyicha yakuniy qarorni eъlon qiladi. Mutaxassislar joriy yilda Rajab va Shaъbon oylarining har biri 30 kun davom etgani sababli Ramazon oyining 29 kun boʻlish ehtimoli yuqori ekanligini aytishmoqda. 


Mazkur holat faqat Tojikistonga xos emas. “Mintaqadagi barcha davlatlar, jumladan, Saudiya Arabistoni va boshqa musulmon mamlakatlari ham shunday pozitsiyani qoʻllab-quvvatlamoqda”, deyiladi Qoʻmita bayonotida.

Mavzuga aloqador