Tinchlik harakati amalga oshirilmaganida, Qibrisda birorta turk qolmasdi – Ersin Tatar
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ilk bor ishtirok etgan Qibris Turk Respublikasi prezidenti Ersin Tatar 1974 yilda “Qibris tinchlik harakati” amalga oshirilmaganida, harbiy xunta musulmonlarni oroldan batamom yoʻq qilib yuborgan, bugun u erda turklar yashamayotgan boʻlardi, dedi.
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ilk bor ishtirok etgan Shimoliy Qibris Turk
Respublikasi prezidenti Ersin Tatar Turkiya va Qibris Turk Respublikasi (QTR)
tomonidan “Qibris tinchlik harakati” amalga oshirilmaganida, harbiy xunta
musulmonlarni oroldan batamom yoʻq qilib yuborgan, bugun u erda turklar yashamagan
boʻlardi, dedi. Bu haqda u
Ozarbayjonning ARB24 TV telekanaliga bergan intervʻyusida toʻxtalib oʻtdi.
Prezident
1974 yili amalga oshirilgan Tinchlik operatsiyasi Kipr (Qibris) orolida
musulmonlarning omon qolishi uchun tarixiy qadam boʻlganiga eʻʻtibor qaratgan. Shuningdek,
u ozarbayjonlik jurnalist bilan suhbati davomida quyidagi eʻʻtiborga molik fikrlarini
bayon etdi:
- Agar “Qibris tinchlik harakati” amalga
oshirilmaganida, bugun Qibris orolida turklar yashamasdi. Oʻz vaqtida koʻrilgan chora
Kiprni Gretsiya bilan birlashtirish hamda harbiy xuntaning musulmonlarni oroldan
batamom yoʻq qilish singari gʻarazli maqsadlarini puchga chiqardi.
- Kipr yunonlarini qurollantirish ishlari davom ettirilmoqda, buning uchun oʻrtacha
350-400 million evro sarflayotganini
inobatga olib, turk harbiylarining orolni tark etishi musulmonlar uchun yangi
muammolarni yuzaga keltirishi
mumkin. Turk
harbiylari tinchlik va osoyishtalikni taʻʻminlash uchun orolda qolishi muhim.
- Jahon
hamjamiyatini Kiprdagi vaziyatga xolis baho berishga chaqiraman. Zero orolda ikkita alohida demokratik
davlat va ikki alohida xalq mavjud boʻlib, ularning birlashishi yana mojarolarga
sabab boʻlishi mumkin. Shu bois bu ikki suveren davlat xalqaro miqyosda
tan olinishi kerak.
- Rossiya Shimoliy Qibris Turk Respublikasiga
nisbatan vazmin munosabatda. Turk Respublikasining Rossiya bilan munosabatlari
kelajakda yanada yaxshilanishi mumkin.
- Shimoliy Qibris
Turk Respublikasining TDTda kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi uning xalqaro
miqyosda tan olinishi uchun juda muhim.
- Tuzilishi
rejalashtirilayotgan federativ davlatda turklar etnik ozchilikka aylanishi mumkin. Mintaqada tinchlikni
taʻʻminlashning eng maqbul echimi esa ikki mustaqil davlatning tashkil etilishidir.