29.08.2025 10:58
187

Texnoqaramlik: Xitoy Markaziy Osiyo elektromobillar bozorini egalladi


Oʻtgan yili dunyoda sotilgan har beshinchi mashina elektrli boʻlgan. Xitoyda esa har oʻnta mashinadan biri elektromobilь. 2024 yilda Xitoy xalqaro elektromobillar eksportining 40% ni tashkil qildi. Shu yili Xitoydan Markaziy Osiyoga avtomobilь eksporti qariyb 10 milliard dollarga etdi, shundan 1,1 milliard dollari elektromobillardir.

Masalan, Oʻzbekistonda import qilingan elektromobillarning deyarli 99% Xitoy brendlariga tegishli, Tojikiston poytaxtidagi taksi xizmati ham toʻliq Xitoy elektr mashinalariga oʻtdi.

Xitoy brendi BYD dunyoda Tesla’ni ortda qoldirdi va Oʻzbekistonda oʻz zavodini ochib, amalda monopoliyaga aylandi. Qozogʻistonda elektromobillar soni ikki barobarga oʻsdi va uchta yirik zavod qurilishi boshlandi.

Mintaqada havo ifloslanishi yuqori boʻlgani sabab, hukumatlar elektromobillarga imtiyoz bermoqda. Bu esa Xitoy avtokontsernlari uchun yanada koʻproq imkoniyatlar yaratadi.

Ekspertlar fikriga koʻra, Markaziy Osiyo elektromobillar orqali nafaqat Xitoy texnikalariga, balki Xitoy standartlari va texnologiyasiga ham bogʻlanib qolishi mumkin.

Mavzuga aloqador