04.03.2025 13:08
2599
Temu Oʻzbekistonda bloklanadi
Oʻzbekiston qonunchiligi talablariga muvofiq 20 martdan boshlab Xitoyning Temu platformasidan foydalanish belgilangan tartibda cheklanadi. Bu haqda Soliq qoʻmitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, elektron tijorat operatorlari, xususan, elektron savdo platformalari operatorlari sifatida faqat yuridik shaxslar – Oʻzbekiston rezidentlari faoliyat yuritishi mumkinligi belgilangan.
Biroq qoʻmita xorijiy elektron savdo platformalari, xususan, Temu faoliyatini oʻrganish jarayonida elektron tijorat, chakana savdo, reklama, shaxsiy maъlumotlarni himoya qilish, isteъmolchilar huquqlarini himoya qilish, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etmayotganini aniqlagan.
Qoʻmita tushunmovchiliklarni oldini olish maqsadida bugungi kundan boshlab Temu platformasida buyurtma bermaslikni soʻradi.