05.08.2025 11:02
39

Tataristonda juma rasmiy dam olish kuni boʻlishi mumkin


Saudiya Arabistonining Jidda shahrida boʻlib oʻtgan Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Madaniyat vazirlarining XIII konferentsiyasida Qozon shahri rasman 2026 yilgi Islom olamining madaniy poytaxti deb eъlon qilindi.

Taъlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti (ICESCO) tomonidan 2005 yilda boshlangan ushbu dastur musulmon davlatlarning madaniy xilma-xilligi va tarixiy merosini ommalashtirishga qaratilgan.

Turli yillarda ushbu maqomni Makka (Saudiya Arabistoni), Fes (Marokash), Doha (Qatar), Baku (Ozarbayjon) va Samarqand (Oʻzbekiston, 2025 yil) shaharlari qoʻlga kiritgan.

Qozon shahriga 2026 yil uchun Islom olamining madaniy poytaxti maqomi berilishi munosabati bilan Tatariston Oqsoqollar kengashi respublika boʻylab juma kunini rasmiy dam olish kuni sifatida belgilash tashabbusi bilan chiqdi.

Tegishli murojaat prezident Rustam Minnixonovga yuborilgan.

Mavzuga aloqador