Rossiyada poezd yuk mashinasi bilan toʻqnashdi, 140 kishi jarohatlandi
Tatariston poytaxti Qozon shahridan Adlerga yoʻlga chiqqan yoʻlovchi poezdi Rossiyaning Volgograd viloyatida “KAMAZ” rusumli yuk mashinasi bilan toʻqnashib ketdi. Hodisaga yuk mashinasining poezd yoʻlida toʻxtab qolgani sabab boʻlgan. Hodisada eng kamida 140 kishi jarohatlandi.
Tatariston
poytaxtidan Adlerga ketayotgan poezdning “KAMAZ” yuk mashinasi bilan toʻqnashuvi
natijasida kamida 140 kishi, jumladan, 33 nafar bola turli tan jarohatlari oldi,
deya xabar bermoqda Shot telegram kanali.
Taxminlarga
koʻra, Volgograd yaqinida sodir boʻlgan avtohalokatga qum ortilgan yuk mashinasi
haydovchisi sabab boʻlgan – u 43 yoshli Aslanbek U. boʻlib, boshi va oyoqlaridan ogʻir
jarohat olgan. Uning mashinasi temir yoʻl kesishmasida tiqilib qolgan va poezd
mashinistining shoshilinch tormozi toʻqnashuvning oldini olishga yordam bermagan.
Soʻroq
paytida yuk mashinasi haydovchisi "kesishmadan oldin sekinlashishga
ulgurmaganini" aytdi. Ommaviy axborot vositalari Kaliningrad qurilish
kompaniyasiga tegishli boʻlgan “KAMAZ”da jarimalar yoʻqligiga eʻʻtibor qaratmoqda.
Qayd
etilishicha, poezdda jami 803 nafar yoʻlovchi boʻlib, ularning aksariyati uyushgan
tarzda taʻʻtilga ketayotgan bolalar boʻlgan. Fojia joyida qidiruv-qutqaruv ishlari
davom etmoqda. Hozirda halok boʻlganlar haqida maʻʻlumot yoʻq.