03.02.2025 14:10
608
Suriyada Turkiyaning harbiy bazalari quriladi
Suriyada Turkiyaning harbiy bazalari quriladi
Turkiya va Suriya oʻrtasida harbiy hamkorlikni kuchaytirish maqsadida Anqara Suriyada ikki harbiy baza qurishni rejalashtirmoqda. Turkiyaning hukumatga yaqin nashrlari xabar berishicha, ushbu bitim doirasida harbiy aerodromlar barpo etilib, ularda 50 ta F-16 qiruvchi samolyoti joylashtirilishi mumkin.
Turkiyalik harbiy instruktorlar Suriya armiyasi va uchuvchilari uchun tayyorgarlik mashgʻulotlarini oʻtkazishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Turkiya Damashqka xavfsizlikni taʻʻminlashda yordam berish va kutilmagan tahdidlarga tezkor javob qaytarish majburiyatini olgan.
Suriya hukumati oʻz hududiy yaxlitligini mustahkamlash maqsadida Turkiyadan Isroil bilan chegarani nazorat qilish uchun dron, radar va elektron urush tizimlari taqdim etishni soʻragani aytilmoqda.
Shu bilan birga, Isroil Golan tepaliklarida bufer zona yaratish maqsadida oʻz harbiy bazalarini qurishni davom ettirmoqda.
Turkiya va Suriya oʻrtasidagi ushbu kelishuv mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash va ikki davlat oʻrtasidagi harbiy hamkorlikni yanada kuchaytirishga qaratilgani taʻʻkidlanmoqda.