25.07.2025 07:15
268
Suriya Ozarbayjondan gaz oladi
Baku Suriyani tiklash jarayoniga qoʻshilmoqda: 2025 yil 1 avgustdan boshlab Ozarbayjon gazi Suriyaga etkazib beriladi.
Gaz etkazib berish Kilis – Halab magistral quvuri orqali amalga oshiriladi. Boshlanishida etkazib berish hajmi yiliga 1,2 milliard kub metrni tashkil etadi.
Shuningdek, BOTAŞ-SOCAR turk-ozar qoʻshma korxonasi Suriya shimoli-sharqidagi konlardan neftь va tabiiy gazni qazib olish uchun investitsiya kiritishni rejalashtirgan.
Maъlumot uchun, Suriya rahbari Ahmad Ash-Sharъning Bakuga rasmiy tashrifi chogʻida gaz eksporti boʻyicha kelishuvga erishilgandi.