22.05.2025 12:15
288
SSSR haliyam mavjud – Putinning maslahatchisi
Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning maslahatchisi Anton Kobyakov sobiq Sovet Ittifoqi haqida bahsli bayonot bilan chiqdi. Unga koʻra, SSSR huquqiy jihatdan hali ham mavjud. Sababi ittifoqni tarqatish tartibi hali konstitutsiyaviy jihatdan toʻliq bajarilmagan.
Kuni kecha Sankt-Peterburgda oʻtkazilgan xalqaro forumda bu haqda soʻz ochgan Kobyakov SSSR 1922 yilda Xalq deputatlari sъezdi tomonidan tuzilganini, uni tarqatish ham aynan shu organ tomonidan amalga oshirilishini taъkidlagan.
Ushbu fikr rossiyalik huquqshunoslar va ayrim siyosiy guruhlar tomonidan ilgari ham takrorlangan. Bu orqali Putinning propagandachilari “Belovejsk kelishuvi”ni “huquqiy kuchga ega emas” deb baholaydi va SSSRning tugatilishini tan olmaydi.
Jumladan, Kobyakovning fikricha ham goʻyoki huquqiy tomondan qaralsa Ukrainadagi mojaro “ichki jarayon” deb atalishi kerak.
“Agar SSSR tarqatilmagan boʻlsa, mantiqan Ukraina inqirozi – bu ichki jarayondir”, degan u.