30.08.2025 07:06
232
Shavkat Mirziyoev Xitoyga yoʻl olmoqda
Xitoy Ikkinchi jahon urushidagi gʻalaba paradiga jiddiy tayyorgarlik koʻrayotgani va ushbu siyosiy tadbirga Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev ham qatnashishi haqida xabar bergandik.
Prezident matbuot xizmati ham Mirziyoevning 30 avgust – 3 sentyabrь kunlari rasmiy tashrif bilan Xitoyda boʻlishi haqida xabar berdi.
31 avgustdan 1 sentyabrgacha u Tyanьtszin shahrida boʻlib oʻtadigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aъzo davlatlar davlat rahbarlari kengashi yigʻilishi va "ShHT plyus" sammitida ishtirok etadi.
Ushbu tadbirlarda xavfsizlik, raqamli iqtisodiyot, yashil sanoat, energetika, turizm va boshqa sohalarda sheriklikni mustahkamlash boʻyicha Tyanьtszin deklaratsiyasi, qoʻshma hujjatlar va qarorlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Prezident Mirziyoev 2 sentyabrь kuni Pekinda Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinьpin bilan muzokaralar oʻtkazadi, shuningdek, rasmiylar va Xitoyning etakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashadi.
3 sentyabrь kuni esa u Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaning 80 yilligiga bagʻishlangan paradda ishtirok etadi.