26.07.2025 09:21
144
Shavkat Mirziyoev Xitoyga boradi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev joriy yilning sentyabr oyida Xitoyga borishi kutilmoqda. Mirziyoev ushbu tashrifi doirasida XXR raisi Si Tszinpin bilan muzokara oʻtkazadi. Bu Tszinpinning Shavkat Mirziyoev 68 yoshga toʻlgani munosabati bilan yoʻllagan tabrigida maъlum qilingan.
"Shanxay hamkorlik tashkilotining Tianjin sammitida hamda Xitoy xalqining yapon bosqinchilariga qarshi urushdagi gʻalabasi va Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaning 80 yilligiga bagʻishlangan tadbirlarda ishtirok etayotganingiz munosabati bilan sizni Xitoyda qutlashdan mamnunman", deyiladi ushbu maktubda.
Maъlumot uchun, 2025 yil 3 sentyabr kuni Pekinda Ikkinchi jahon urushi yakunlangan kun munosabati bilan harbiy parad oʻtkaziladi. Parad doirasida xalqaro darajadagi uchrashuvlar, jumladan, Shanxay hamkorlik tashkilotiga aъzo davlatlar rahbarlarining uchrashuvi ham boʻlib oʻtadi.