19.05.2025 15:42
151
Shavkat Mirziyoev Vengriyaga yoʻl oldi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan 19 may kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.
Tashrif doirasida Budapesht shahrida oliy darajadagi muzokaralar, Vengriyaning rasmiylari va etakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.
Kun tartibidan mamlakatlarimiz oʻrtasidagi amaliy hamkorlik va strategik sheriklikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari oʻrin olgan.
Oʻzbekiston etakchisi Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammitida ham ishtirok etadi.