06.11.2024 12:30

Shavkat Mirziyoev Bishkekda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashdi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Bishkekda boʻlib oʻtayotgan Turkiya davlatlar tashkiloti sammiti doirasida Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashdi.

6 noyabrʻ kuni Bishkek shahrida oʻtayotgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev oʻziga ajratilgan qarorgohda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv oʻtkazdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

Oʻzbekiston-Vengriya strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Oʻzaro hamkorlikning amaliy natijalari alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash koʻrsatkichlari va sanoat kooperatsiyasi koʻlami ortib bormoqda, Toshkent viloyatida industrial park tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Oktyabrʻ oyida Qoʻqon shahrida birinchi Hududlar forumi oʻtkazildi. Bu oyda Budapesht shahrida muhim qoʻshma madaniy tadbirlar boʻlib oʻtadi”, - deyiladi xabarda.

Davlat rahbarlari ikki tomonlama tadbirlar rejasini koʻrib chiqdilar. Etakchi kompaniyalarning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik boʻyicha yangi loyihalar portfelini shakllantirish muhimligi alohida taʻʻkidlandi.

Mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Maʻʻlumot uchun, vengerlarning ajdodlari qadimda Osiyoda yashagan va IX asrda Ural daryosi boʻylaridan Evropaga koʻchib borgan. Vengriyaning davlat tili boʻlmish mojar tili ural tillari oilasiga mansub hisoblanadi. Venger tilida turkiy soʻzlar juda koʻp uchraydi. Venger dehqonlari, hunarmandlari va boshqa oddiy aholisining turmush tarzida turk madaniyati taʻʻsiri kuchli.

 

 

Mavzuga aloqador