15.12.2023 10:56
Vengriya EBning Ukrainaga 50 milliard evrolik yordam paketiga veto qoʻydi
Vengriya bosh vaziri Viktor Orban X ijtimoiy tarmogʻida Bryusseldagi sammitda Evropa Ittifoqining Ukrainaga yangi moliyaviy yordam paketini mamlakat sifatida rad etganini bildirdi.
Bosh vazir Orban oʻz postida “Tungi smenaning qisqacha mazmuni:
Ukraina uchun qoʻshimcha pulga veto”, deb yozdi.
Shunday qilib, Evropa Ittifoqining Ukrainaga 50 milliard evrolik (54 milliard dollar) yangi
moliyaviy yordam paketi Vengriya tomonidan bloklandi.
Vengriya
veto qoʻygan taqdirda, EIning "B rejasi"
bor, dedi Evropa byudjeti komissari Yoxannes Xan. Biroq u reja tafsilotlarini ochiqlamadi.
Financial Times nashri Kievni moliyalashtirish uchun byudjetdan tashqari manbalar jalb
etilishi mumkinligini yozgan.