23.09.2025 13:03
153

Shavkat Mirziyoev Trampning maxsus vakilini qabul qildi



Shavkat Mirziyoev 22 sentyabrь kuni BMT Bosh Assambleyasi 80-yubiley sessiyasi tadbirlari doirasida oʻzi uchun ajratilgan qarorgohda AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Serjio Gorni qabul qildi. 

Uchrashuvda joriy yil 5 sentyabrь kuni Tramp va Mirziyoevning telefon orqali muloqotida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilingan.

Oʻshanda Oʻzbekiston va AQSh etakchilari telefon orqali muloqotida strategik sheriklikni yanada kengaytirishga kelishib olgandi. 

Yangi loyihalarni qoʻllab-quvvatlash va ilgari surish uchun AQSh Eksimbanki va DFC jamgʻarmasi imkoniyatlaridan foydalanish, ularni amalga oshirishni jadallashtirish uchun qoʻshma Muvofiqlashtiruvchi qoʻmita taъsis etish muhimligi qayd etilgan.

Times of Malta nashrining yozishicha, Serjo Gor 1986 yil 30 noyabrda Toshkentda tugʻilgan. Uning usha paytdagi tuliq ismi Sergey Goroxovskiy bulgan.

Mavzuga aloqador