09.10.2025 13:31
32

Shavkat Mirziyoev Tojikistonga joʻnab ketdi



Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Tojikiston etakchisi Emomali Rahmonning taklifiga binoan bugun amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari 9–10 oktyabrь kunlari Dushanbe shahrida boʻlib oʻtadigan “Markaziy Osiyo – Rossiya” formatidagi ikkinchi sammit hamda mustaqil davlatlar hamdoʻstligi davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etadi.

Shu bilan birga, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham mazkur sammitda ishtirok etadi, u Tojikistonga uch kunlik davlat tashrifi bilan kelgan. Putin tashrif doirasida Emomali Rahmon bilan muzokaralar olib boradi hamda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan birgalikda sammitda qatnashadi.

Mavzuga aloqador