06.10.2025 07:08
65

Shavkat Mirziyoev TDT sammitida ishtirok etish uchun Ozarbayjonga boradi



Prezident Shavkat Mirziyoev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Alievning taklifiga binoan 6–7 oktyabrь kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi. Davlat rahbari tashrif doirasida Gabala shahrida boʻlib oʻtadigan Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT)ning navbatdagi sammitida ishtirok etadi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi sammit doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazishi, jumladan, Ozarbayjon, Turkiya va boshqa qardosh mamlakatlar etakchilari bilan muloqotlar olib borishi kutilmoqda. Suhbatlar chogʻida innovatsiya, taъlim, turizm, “yashil energetika”, oziq-ovqat xavfsizligi va transport yoʻlaklarini rivojlantirish sohalaridagi qoʻshma loyihalar muhokama etiladi.

Maъlumot uchun, Turkiy davlatlar tashkiloti 2009 yilda taъsis etilgan boʻlib, hozirda u turkiy dunyo mamlakatlarini iqtisodiy va madaniy jihatdan birlashtirishga qaratilgan muhim mintaqaviy platformaga aylangan.

Mavzuga aloqador