03.02.2025 13:24

Shavkat Mirziyoev rasmiy tashrif bilan Malayziyaga boradi



Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 4–5 fevralʻ kunlari rasmiy tashrif bilan Malayziyada boʻladi. Prezident matbuot xizmati xabar berishicha, tashrif davomida Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim bilan ikki tomonlama muzokaralar oʻtkaziladi. Shuningdek, qoʻshma biznes forumi va boshqa muhim tadbirlar rejalashtirilgan.

Uchrashuvlarda ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, innovatsion va texnologik sohalarda aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, neftʻ-kimyo, elektronika, “yashil” energetika, “aqlli” qishloq xoʻjaligi va turizm kabi sohalarda hamkorlikni kuchaytirishga alohida eʻʻtibor qaratiladi.

Prezidentlar xalqaro va mintaqaviy hamkorlik masalalarini ham muhokama qilishadi. Tashrif yakunida Oʻzbekiston va Malayziya oʻrtasidagi sheriklikni rivojlantirishga qaratilgan qoʻshma bayonot va bir qator bitimlar imzolanishi kutilmoqda.

Tashrif arafasida Kuala-Lumpurda Oʻzbekistonning turizm salohiyati va madaniy merosi taqdimotlari, oliy taʻʻlim muassasalari rektorlari forumi va tahlil markazlari ishtirokidagi uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yil 17–19 may kunlari Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan edi.

Mavzuga aloqador