20.11.2024 14:27

Shavkat Mirziyoev Oʻzbekiston armiyasi salohiyati oshirilishini maʻʻlum qildi


Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev dunyoda turli xatar va tahdidlar avj olib borayotgan hozirgi sharoitda Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarining jangovar va maʻʻnaviy salohiyatini oshirishga eʻʻtibor yanada kuchaytirilishini maʻʻlum qildi. U xalqning tinch va erkin hayotini asrash eng muhim vazifa boʻlib qolishini taʻʻkidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari salohiyatini oshirishga eʻʻtibor kuchaytirilishini taʻʻkidladi, deya xabar berdi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Shavkat Mirziyoev oʻz nutqida bugun butun dunyo nihoyatda notinch va tahlikali boʻlib turgan vaziyatda davlat mustaqilligi va suverenitetini, xalqning tinch va erkin hayotini eng bebaho boylik sifatida asrash va himoya qilish eng muhim vazifa boʻlib qolishini taʻʻkidladi.

«Hech qachon unutmasligimiz zarur: mamlakatimiz xavfsizligi, yurtimiz mudofaasi nafaqat Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qilish idoralari, balki Oʻzbekistonni oʻzi uchun ona vatan deb biladigan, millati, tili va dinidan qatʻʻi nazar, barcha insonlarning muqaddas burchidir. Buning uchun yagona vatan, koʻp millatli yagona ahil oila tuygʻusi har birimizning qalbimiz, yuragimizdan chuqur joy olishi lozim», — dedi prezident.

Shavkat Mirziyoev dunyoda turli xatar va tahdidlar avj olib borayotgan hozirgi sharoitda Qurolli Kuchlarning jangovar va maʻʻnaviy salohiyatini oshirishga eʻʻtibor yanada kuchaytirilishini qayd etdi.

Avvalroq U.S. News i World Report tomonidan tuzilgan xalqaro reytingda Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari dunyoning eng kuchli 20 ta armiyasi roʻyxatida 19-oʻrinni egallagan edi. 

Mavzuga aloqador