02.07.2025 07:20
127
Shavkat Mirziyoev Ozarbayjonga boradi
Shavkat Mirziyoev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Alievning taklifiga binoan 2-4 iyul kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda boʻladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, 2-3 iyul kunlari Baku shahrida Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yigʻilishi va boshqa oliy darajadagi tadbirlar boʻlib oʻtadi.
Oʻzbekiston bilan Ozarbayjon oʻrtasidagi doʻstlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarida kooperatsiya va almashinuvlarni kengaytirish masalalari koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston prezidenti 4 iyul kuni Xonkandi shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 17-sammitida ishtirok etadi va qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi.