11.11.2024 07:37
146
Shavkat Mirziyoev Gʻazo va Livandagi vaziyatga bagʻishlangan sammitda qatnashadi
Shavkat Mirziyoev Gʻazo va Livandagi vaziyatning keskinlashuvi hamda Yaqin Sharqdagi mojaroga echim topishga bagʻishlangan Arab-islom sammitida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga uchib ketdi. Shuningdek, prezident Ozarbayjonda 12−13 noyabrʻ kunlari Ozarbayjonda boʻlib oʻtadigan BMTning Iqlim oʻzgarishi boʻyicha konferentsiyasida ham qatnashadi.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Gʻazo va Livandagi vaziyatning keskinlashuvi hamda Yaqin Sharqdagi mojaroga echim topishga bagʻishlangan Arab-islom sammitida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga uchib ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan prezident 11 noyabrʻ kuni Gʻazo va Livandagi vaziyatning keskinlashuvi hamda Yaqin Sharqdagi mojaroga tez fursatda echim topish choralarini ishlab chiqishga bagʻishlangan navbatdan tashqari Arab-islom sammitida ishtirok etadi.
12−13 noyabrʻ kunlari Oʻzbekiston etakchisi Ozarbayjon prezidenti Ilhom Alievning taklifiga koʻra BMTning Iqlim oʻzgarishi boʻyicha hadli konventsiyasi tomonlari konferentsiyasining 29-sessiyasi (COP29) tadbirlarida qatnashadi.
Oʻzbekiston prezidentining mazkur sammitlarda nutq soʻzlashi, shuningdek, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan bir qator uchrashuvlar oʻtkazishi rejalashtirilgan.