23.10.2024 18:06

Shavkat Mirziyoev BRIKS maydonchasida Rejep Tayyip Erdogʻan bilan uchrashdi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Qozondagi BRIKS sammiti doirasida Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Rossiyaning Qozon shahriga tashrifning birinchi kunida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev BRIKS sammiti doirasida Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Oʻzbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish boʻyicha dolzarb masalalar atroflicha koʻrib chiqildi.

Ikki davlat rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy va gumanitar sohalardagi koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish muhimligini taʻʻkidladilar.

Prezidentlar faol muloqotlar va samarali almashinuvlarni davom ettirish zarurligini qayd etdilar.

Geologiya va mineral resurslarni qazib chiqarish, elektrotexnika, mashinasozlik, sogʻliqni saqlash, taʻʻlim va boshqa sohalarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish masalalariga alohida eʻʻtibor qaratildi.

Qoʻshma madaniy-gumanitar tadbirlarni muntazam oʻtkazib borish zarurligi taʻʻkidlandi.

Etakchilar xalqaro va mintaqaviy kun tartibining muhim jihatlari yuzasidan ham fikr almashdilar.

Mavzuga aloqador