Shavkat Mirziyoev Turkiyada Falastin boʻyicha bayonot berdi
Shavkat Mirziyoev Turkiyaga davlat tashrifi chogʻida Falastin boʻyicha bayonot berar ekan, Oʻzbekiston prezidenti Gʻarb davlatlarining fojiaga boʻlgan munosabati Oʻzbekiston va Turkiyani qattiq xavotirga solayotgani, amalda ikkiyoqlama standartlar kuzatilayotganini taʻʻkidladi. “Tinchlikka erishish uchun mustaqil va ozod Falastin davlati tashkil etilishi shart”, - dedi u.
Oʻzbekiston
va Turkiya prezidentlari Anqaradagi muzokaralar yakunida OAV uchun bayonot bilan
chiqdi. Unda Shavkat Mirziyoev Gʻazoda kechayotgan fojialarga ham toʻxtaldi.
Oʻzbekiston
prezidenti Gʻarb davlatlarining fojiaga boʻlgan munosabati Oʻzbekiston va Turkiyani
qattiq xavotirga solayotgani, amalda ikkiyoqlama standartlar kuzatilayotganini
taʻʻkidladi.
“Demokratiya
va inson huquqlarini keng targʻib qilgan va ularning himoyasida turgan etakchi,
rivojlangan davlatlar bu qotilliklarga, bu vahshiyliklarga koʻz yummoqda. Albatta,
zoʻravonlikni toʻliq toʻxtatish va tinchlik jarayonini boshlash kerak. Gʻazo fojiasi
hanuzgacha hal qilinmagan Isroil–Falastin ziddiyatining ayanchli oqibatlaridir.
Barqaror va uzoq muddatli tinchlikka erishish uchun, albatta, mustaqil va ozod
Falastin davlati tashkil etilishi shart. Aslida Falastin muammosi butun Yaqin Sharq
muammosidir”, – dedi Shavkat Mirziyoev.
Prezident,
Oʻzbekiston ana shu oʻtkir muammo boʻyicha Turkiya prezidenti bildirayotgan adolatli
tashabbuslarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashini maʻʻlum qildi.
“Biz
muqaddas dinimizning asl insonparvarlik mohiyatini keng targʻib etish borasida
olib borayotgan ishlarimiz boʻyicha hamkorlikni davom ettiramiz. Oʻzbekiston
zaminida tugʻilib, kamol topgan, musulmon olamida yuksak eʻʻtirof etilgan
mutafakkirlar – Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Abduxoliq
Gʻijduvoniy va Bahovuddin Naqshband kabi ulugʻ zotlarning bebaho maʻʻnaviy-madaniy
merosiga qardosh turk xalqining diqqat va eʻʻtibori tobora ortib borayotganini
mamnuniyat bilan taʻʻkidladik. Hurmatli Erdogan janobi oliylarining Islom diniga
qarshi har qanday salbiy harakatlarga nisbatan qatʻʻiy pozitsiyasi ham alohida
ehtirom va eʻʻtirofga loyiqdir. Biz hozir murakkab vaziyatda dinimizga qarshi yovuz
kuchlarning turli xuruj va bosimlariga birgalikda javob qaytarishga kelishib
oldik”, – deya taʻʻkidladi Mirziyoev.