23.10.2024 07:21

Shavkat Mirziyoev BRIKS sammitida ishtirok etadi



Oʻzbekiston prezidenti 23−24 oktyabrʻ kunlari Qozon shahrida amaliy tashrif bilan boʻladi va u erda BRIKS sammitida ishtirok etadi.

Shavkat Mirziyoev BRIKS sammitida ishtirok etish uchun 23−24 oktyabrʻ kunlari Qozon shahrida amaliy tashrif bilan boʻladi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Oʻzbekiston prezidenti Rossiya raisligida oʻtadigan «BRIKS plyus» formatidagi yalpi sessiyada soʻzga chiqadi.

«Uchrashuv kun tartibidan inklyuziv va barqaror taraqqiyotni taʻʻminlash maqsadida xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari oʻrin olgan. Shuningdek, global siyosatning dolzarb jihatlari muhokama qilinadi», — deyiladi xabarda.

Prezident qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazishni ham rejalashtirmoqda.

BRIKS 2006 yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilot boʻlib, hozirda unga Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika, BAA, Eron, Misr va Efiopiya aʻʻzo hisoblanadi.