02.07.2025 14:07
126
Shavkat Mirziyoev Bokuda: tashrif dasturidan qanday tadbirlar oʻrin olgan?
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Ozarboyjon prezidenti Ilhom Alievning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Boku shahriga keldi.
Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu tashrif davomida davlat rahbari Boku, Xonkendi, Shusha va Agʻdam shaharlarida boʻladi.
Bugun, 2 iyulь kuni ikki mamlakat etakchilari Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yigʻilishini oʻtkazadi, “Oʻzbekiston” bogʻiga tamal toshi qoʻyadi va Oʻzbekistonning Bokudagi elchixonasi yangi binosini ochib beradi.
Ertaga, 3 iyulь kuni Prezidentlar Shavkat Mirziyoev va Ilhom Aliev muloqotni Ozarbayjonning Qorabogʻ tumanida davom ettirib, Xonkendidagi qoʻshma tikuvchilik fabrikasi va Agʻdam shahridagi “Imorat” tarixiy-meъmoriy majmuasi bilan tanishadi.
Tashrifga tayyorgarlik doirasida sanoat kooperatsiyasi boʻyicha salmoqli kelishuvlar toʻplami shakllantirilgan.
“Tashrifning tadbirlarga boy dasturi 2024 yilda ittifoqchilik maqomini olgan Oʻzbekiston-Ozarbayjon munosabatlarining misli koʻrilmagan yuksak darajaga chiqqanini koʻrsatadi hamda ikki davlat rahbarlarining avvalgi uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarning mantiqiy davomidir”, deyiladi xabarda.