19.02.2025 15:01
Senat diniy sohadagi davlat siyosati kontseptsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qonunni koʻrib chiqadi
20 fevralь kuni chaqiriladigan Oliy Majlis Senatining toʻrtinchi yalpi majlisida fuqarolarning vijdon erkinligini taъminlash va diniy sohadagi davlat siyosati kontseptsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qonun koʻrib chiqiladi. Bu haqda yuqori palata matbuot xizmati xabar berdi.
Kontseptsiya loyihasi 11 fevralь kuni Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan, keyinroq muhokamalar asosida uning 10 dan ortiq bandiga oʻzgartirishlar kiritilgandi.
Maъlumot uchun, "Azon global" tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnomada koʻpchilik ushbu loyiha bilan yaxshi tanish emasligini, mutaxassislar ham uning mujmal ravishda ishlab chiqilganini aytib oʻtgan.