19.02.2025 18:17
355

Saudiyalik vazir Mirziyoevga Kaъba yopinchigʻining bir parchasini sovgʻa qildi

 
Prezident Shavkat Mirziyoev 19 fevralь kuni mamlakatimizda boʻlib turgan Saudiya Arabistoni podshohligi haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Saudiya vaziri Mirziyoevga Saudiya Arabistoni podshohi Salmon Ol Saud va valiahd, mamlakat bosh vaziri Muhammad Ol Saudning salomi va samimiy tilaklarini etkazgan. Vazir, shuningdek, podshohning Oʻzbekiston xalqiga hadyasi – muqaddas Kaъba yopinchigʻi kisvaning bir parchasini topshirgan.

Oʻzbekiston etakchisi, oʻz navbatida, Saudiya Arabistoni rahbariyatiga bebaho tuhfa hamda ziyoratchilarimizning musulmon dunyosi markazlari - Makka va Madinada boʻlishi uchun yaratilgan imkoniyatlar va qulay sharoitlar uchun chuqur minnatdorlik bildirgan.

Mavzuga aloqador