29.01.2025 13:30
345

Saudiya Turkiyadan 6 milliard dollarlik harbiy texnika sotib oladi

Saudiya Turkiyadan 6 milliard dollarlik harbiy texnika sotib oladi

Turkiya hukumati Saudiya Arabistoni bilan 6 milliard dollarlik mudofaa shartnomasini tuzishni rejalashtirmoqda. Ushbu kelishuv doirasida Saudiya qirolligi harbiy kemalar, tanklar va raketalarni sotib olishi mumkin, deb xabar beradi Bloomberg.

Rasmiy maʻʻlumotga koʻra, Saudiya Turkiyaning 5-avlod Kaan qiruvchi samolyotini ishlab chiqarish loyihasiga qoʻshilishi haqidagi kelishuv prezident Rajab Toyyib Erdogʻanning mart oyidagi Saudiya Arabistoniga tashrifi chogʻida imzolanishi mumkin.

Istanbuldagi Is Investment tahlilchisi Anil Ulas Koseogluning aytishicha, sanoatning umumiy eksporti yiliga 7 milliard dollar atrofida ekanligini hisobga olsa, 6 milliard dollar katta miqdor hisoblanadi.

Turkiya soʻnggi yillarda mudofaa sanoatini jadal rivojlantirmoqda va Saudiya Arabistonini asosiy bozorlardan biri sifatida koʻrib kelmoqda. 2023 yilda Saudiya qirolligi Turkiyaning Baykar kompaniyasidan dron sotib olish boʻyicha shartnoma imzolagan edi.

Saudiya-Turkiya munosabatlari oxirgi ikki yil ichida sezilarli darajada yaxshilandi. 2018 yilda Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulxonasida jurnalist Jamol Qoshiqchining oʻldirilishi ortidan munosabatlarda turgʻunlik kuzatilgan edi.

Mavzuga aloqador