02.10.2025 11:09
93
Sardor Umurzoqov Iordaniya podshohi Abdulla II bilan uchrashdi
Oʻzbekiston prezidenti maslahatchisi Sardor Umurzakov boshchiligidagi delegatsiya Iordaniyada podshoh Abdulla II bilan uchrashdi.
Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning xabar berishicha, uchrashuvda Umurzoqov podshoh Abdulla II ibn al-Husaynga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirgan. Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida hamkorlik aloqalarida yangi davr boshlanganini eъtirof qilgan.
Oʻz navbatida podshoh Abdulla II ibn al-Husayn Iordaniya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi mustahkam doʻstlikni yuqori baholab, hamkorlikni davom ettirish va mavjud oʻsish imkoniyatlaridan, xususan, savdo, sarmoya, sogʻliqni saqlash, taъlim va turizm sohalarida foydalanish zarurligini taъkidlagan.
Xabarda qayd etilishicha, uchrashuvda mintaqadagi, xususan, Gʻazo, Gʻarbiy Sohil va Quddusdagi soʻnggi voqealar ham muhokama qilingan.
Shuningdek, delegatsiya aъzolari kun davomida podshohning din va madaniyat masalalari boʻyicha bosh maslahatchisi, shahzoda Amir Gʻoziy, vaqf islom ishlari va muqaddas qadamjolar vaziri Muhammad al-Halayala, Iordaniya bosh muftiysi Ahmad al-Hasanot hamda tashqi ishlar vaziri Ayman Safadiy bilan ham uchrashuvlar oʻtkazgan.