14.06.2025 13:05
165

Samarqandda erlar xitoyliklarga berilyaptimi?



Oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda oʻzini Urgut tumani “Agropromi” xodimi Z.Amonov deb tanishirgan shaxsning videomurojaati tarqalgan edi. U oʻz soʻzida pilla, gʻalla va paxta rejasini bajarmagan, soliqlarni toʻlamagan fermer xoʻjaliklarining erlari xitoylik investorlarga berilishini aytib chiqdi.https://kun.uz/kr/news/2025/06/10/ekishni-xohlamaganlarning-yeri-xitoyliklarga-beriladi-urgutda-fermerlar-shunday-ogohlantirildi

Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi mazkur videoga oʻz munosabatini bildirdi. https://gov.uz/oz/agro/news/view/60481

Qonunchilikka koʻra, fermer xoʻjaligi – er uchastkalaridan ijara asosida foydalanuvchi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari etishtiruvchi va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi tadbirkor.

"Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida"gi qonunning 22-moddasida davlat organlarining, boshqa tashkilotlarning yoki ular mansabdor shaxslarining fermer xoʻjaliklari faoliyatiga aralashishi taqiqlanishi qatъiy belgilab qoʻyilgan.

Er kodeksining 24-moddasiga koʻra, er uchastkasini ijaraga berish shartnomasi faqat taraflarning kelishuviga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga asosan muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.

"Demak, har qanday tashqi bosim, tahdid yoki majburlash orqali fermerlarni erdan mahrum qilishga urinish – amaldagi qonunchilikka mutlaqo ziddir", degan vazirlik.

Bundan tashqari, Oʻzbekistonda er faqat davlat mulki hisoblanadi va uni chet el fuqarolari yoki kompaniyalariga mulk qilib berish taqiqlanadi (Er kodeksining 16-moddasi).

Shu sababli, Xitoy fuqarolari yoki kompaniyalariga er ajratish toʻgʻrisidagi bayonotlar asossiz, qonunga zid va haqiqatga toʻgʻri kelmaydi, deya taъkidladi Qishloq xoʻjaligi vazirligi.

Mavzuga aloqador