13.03.2025 14:11
Rossiyadagi mahbuslarning 70 foizi – Markaziy Osiyoliklar
Rossiya Jazoni ijro etish federal xizmati rahbari Gostevning maъlum qilishicha, mamlakatdagi jazoni ijro etish muassasalarida xorijliklarning «kontsentratsiyasi» ortmoqda.
2025 yil 1 yanvar holatiga koʻra, Rossiya koloniyalarida 30 mingdan ortiq xorijlik mahbus bor, ulardan 69,5 foizi Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolaridir.
Gostev ayrim hollarda bunday vaziyat favqulodda hodisalarga – qochish va garovga olish holatlariga olib kelishi mumkinligini taъkidladi.
Bundan tashqari, u terrorchilikda ayblanayotgan shaxslar soni 45,5 foizga oshganini, ekstremistik jinoyatlar boʻyicha esa oʻsish 96 foizdan yuqori ekanini qayd etgan.
Mazkur statistikaning oʻsib borishini musulmon jamiyatlarida taъlim va tarbiyaga eъtiborning sustlashgani bilangina izohlash mumkin. Diniy taъlim toʻgʻri yoʻlga qoʻyilmas ekan, nafaqat mahbuslar soni, balki jamiyatdagi ijtimoiy beqarorlik ham ortishi mumkin.