08.04.2024 10:44

Rossiyada oʻzbekistonliklar boʻlgan avtobus halokatga uchradi: qurbonlar bor

Rossiyada oʻzbekistonliklar boʻlgan avtobus halokatga uchradi: qurbonlar bor

Rossiyaning Samara shahri yaqinida Oʻzbekiston fuqarolarini olib ketayotgan avtobus halokatga uchradi. Ikki kishi halok boʻldi, 26 kishi jarohatlandi.

Rossiyaning Samara shahri yaqinida Qozogʻistondan Nijniy Novgorodga bir guruh Oʻzbekiston fuqarolarini olib ketayotgan avtobus halokatga uchradi.

Dastlabki maʻʻlumotlarga koʻra, 30 ga yaqin odamni olib ketayotgan avtomobilʻ Samara viloyatining Alakaevka qishlogʻi yaqinida katta yoʻldan ariqqa chiqib ketgan va agʻdarilgan.

Hodisa oqibatida ikki kishi halok boʻldi, 26 kishi jarohat oldi. Jabrlanganlarning toʻrt nafariga joyida tibbiy yordam koʻrsatilgan, qolganlari oʻrtacha ogʻirlikda kasalxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 238-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish) boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Ushbu modda boʻyicha 10 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Mavzuga aloqador