Rossiya va Qozogʻistonda milliy valyutalarda hisob-kitoblar ulushiga etdi
Rossiyaning Qozogʻistondagi elchisi Aleksey Borodavkin Qozogʻiston va Rossiya oʻrtasida milliy valyutalarda oʻzaro hisob-kitoblar ulushi 80 foizga etganini maʻʻlum qildi.
Rossiya Federatsiyasining Qozogʻistondagi elchisi Aleksey
Borodavkin Qozogʻiston va Rossiya oʻrtasida milliy valyutalarda oʻzaro
hisob-kitoblar ulushi 80 foizga etganini maʻʻlum qildi.
Uning taʻʻkidlashicha, bu rublʻ va tengedagi asosiy toʻlovlarga
oʻtish demakdir. Borodavkin
oʻtgan yili ikki davlat oʻrtasidagi tovar ayirboshlash 23 foizga oshganini ham eslatib oʻtdi.
Bundan tashqari, u Qozogʻiston 2022 yilda Rossiyaning eng yirik
savdo sheriklari orasida beshinchi oʻrinni egallaganini taʻʻkidladi. Borodavkin, shuningdek,
Qozogʻiston mustaqillikka erishganidan beri Rossiya bu davlatga 22 milliard dollardan
ortiq sarmoya kiritgani, offshor zonalar orqali kiritilgan sarmoyalarni hisobga
olsak, jami mablagʻ qariyb 55 milliard dollarga etganini taʻʻkidladi.
Qozogʻiston hukumati maʻʻlumotlariga koʻra, 2022 yil uchun
milliy valyutalarning ulushi oʻzaro hisob-kitoblar 70-75 foizni tashkil etdi.