14.07.2025 12:19
138

Rossiya uchun urushib halok boʻlgan 66 oʻzbek aniqlandi



Ukrainada halok boʻlgan Rossiya armiyasi safidagi 118 ming askar orasida 500 nafardan ortigʻi xorijlik. Ular orasida oʻzbek va tojiklar etakchi oʻrinda turibdi. 

Rossiyaning Ukrainaga toʻliq masshtabdagi bosqini davomida halok boʻlgan harbiylar roʻyxatini tuzgan BBC, Mediazona va koʻngillilar jamoasi 66 oʻzbekistonlik va 72 tojikistonlik fuqaroning shaxsini aniqladi. Ular Rossiya armiyasiga faqat chet el pasporti bilan qoʻshilganlar. Markaziy osiyoliklarning oʻlimi turli manbalar – rasmiy xabarlar, ijtimoiy tarmoqdagi yaqinlarining postlari yoki qabriston fotosuratlari orqali tasdiqlangan.

Aniqlanganlardan koʻpchiligi – 46 oʻzbek va 43 tojik fuqarosi — Rossiya qamoqxonalarida jazo muddatini oʻtayotganlar boʻlgan va ular “Vagner” guruhi bilan shartnoma imzolab, jangga yuborilgan.

Mavzuga aloqador