30.09.2025 11:11
113
Rossiya oʻzbekistonliklarni nimada ayblab qamayotgani ochiqlandi
Rossiya oʻzbekistonliklarni nimada ayblab qamayotgani ochiqlandi
Rossiya qamoqxonalaridagi oʻzbekistonliklarning 60 foizi giyohvand moddalar savdosi va ularni olib oʻtish bilan bogʻliq jinoyatlari uchun hibsga olingan.
Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi rasmiysi Munira Nizomovaning maъlum qilishicha, jinsiy zoʻravonlik jinoyatlari (12 foiz) bilan qamalgan vatandoshlar soni ham anchagina. Shuningdek, qamalganlarning 7 foizi qotillik, taxminan 5 foizi sogʻliqqa ogʻir zarar etkazish, 4 foizi oʻgʻrilik, 3 foizi firibgarlik bilan ayblangan.
TIV rasmiysi oʻzbekistonliklarning Rossiya aeroportlarida soatlab ushlab turilishini ham oqlashga harakat qilgan.
"Aeroportlarda Oʻzbekistondan keladigan reyslarning tekshiruvlari juda uzoq oʻtkazilyapti. Oʻrtacha 6−8 soat. Baъzan 10 soat, 12 soatlab tekshiruv boʻlgan holatlar ham bor. Koʻz oldingizga keltiring, ayollar farzandlari bilan 12 soatlab aeroportda oʻtirsa. Bu bekorga boʻlayotgani yoʻq-ku? Fuqarolarimizning xorijda qilayotgan xatti-harakatlarining salbiy taъsiri bu", degan u.