10.06.2025 13:51
158
Rossiya oʻzbekistonlik muhojirlarni majburan urushga joʻnatyaptimi?
Rossiyaning "Vagner" xususiy harbiy kompaniyasi safida Ukrainaga qarshi jang qilgan 25 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi avvaliga Samara viloyatida giyohvand moddalar savdosida ayblanib qamalgani, keyin esa majburan urushga olib ketilganini aytgan.
Gazeta.uz nashrining yozishicha, Toshkent viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Angren shahar sudida unga nisbatan 5 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Sudlanuvchining aytishicha, 2022 yil sentyabrь oylarida u jazosini oʻtayotgan Samara viloyatidagi 26-sonli jazo ijro etish muassasasiga „Vagner“ xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Prigojin va kompaniya aъzolari kelishgan. Ular muassasadagi oʻzbek millatiga mansub 500 dan ortiq mahkumlarni (terrorizm va nomusga tajovuz bilan sudlanganlar bundan mustasno) yigʻib, har qanday mahkum Ukraina hududida olib borilayotgan "maxsus harbiy operatsiya"da 6 oy xizmatga yollansa, unga 150 000 rublь, Rossiya fuqaroligi berilishini va xizmat tugagandan soʻng afv etilishini aytgan.
"Shundan soʻng bizga Rossiya-Ukraina urushida qatnashish taklifi berildi. Oʻshanda 10−15 nafar mahkum urushga borishni istamasligini bildirdi. "Vagner" vakillari ulardan 3 kishini oldiga chaqirib, koʻz oʻngimizda otib tashladi. Keyin qolganlardan yana kim urushga borishni istamasligini soʻrashdi, hech kim bosh tortmadi", degan sudlanuvchi.