05.09.2025 14:05
145

Rossiya Ozarbayjon samolyoti uchun tovon toʻlay boshladi


 
Rossiya hukumati Qozogʻistonning Aqtau shahri yaqinida qulagan Ozarbayjon samolyoti uchun tovon toʻlashni boshlaganini maъlum qildi.  

Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga koʻra, Ozarbayjon havo yoʻllariga tegishli samolyot uchun sugʻurta kompaniyasi 1 milliard 3 million rublь miqdorida toʻlovni amalga oshirgan. Shuningdek, halokatda jabrlangan va hayotdan koʻz yumgan yoʻlovchilarning yaqinlariga 358,4 million rublь (qariyb 4,4 million dollar) miqdorda pul berilgan.
 
Maъlumotda aytilishicha, jabrlanuvchilar oilasi bilan toʻliq kelishuvga erishish maqsadida muzokaralar davom etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 2024 yil 25 dekabrь kuni Bokudan Grozniyga yoʻl olgan Ozarbayjon havo yoʻllariga tegishli yoʻlovchi samolyoti Rossiya havo hududida oʻqqa tutilgan edi. Yoʻnalishini Qozogʻistonga burgan samolyot Aqtauda qulab tushgan. Hodisa oqibatida 38 yoʻlovchi halok boʻlgan.

Mavzuga aloqador