14.07.2025 09:46
118
Rossiya harbiylari Termizda harbiy mashgʻulot oʻtkazadi
Rossiya harbiylari “Hamkorlik-2025” oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etish uchun Oʻzbekistonga keldi.
Rossiya Mudofaa vazirligining maъlum qilishicha, oʻquv mashgʻulotlari 15–21 iyulь kunlari “Termiz” poligonida boʻlib oʻtadi.
Harbiy boʻlinmalar quyidagi jangovar harakatlarni mashq qiladi:
- chegara hududlariga noqonuniy qurolli tuzilmalar (NQT) kirib kelgan taqdirda ularni aniqlash va yoʻq qilish hamda boʻlinmalarni boshqarish;
- NQT guruhlari chegara yaqinidagi inshootlar va pozitsiyalarni egallagan holatda ularni yoʻq qilish boʻyicha qoʻmondonlikni boshqarish;
- boʻlinmalarining dushman egallab olgan inshootlar va pozitsiyalarni qayta egallashi;
- dushmanning kichik guruhlariga qarshi kurash olib borish;
- shuningdek, jangarilar tomonidan bosib olingan aholi punktini shturm qilish va tozalash amaliyotini tashkil etish.
Rossiya harbiy kontingentining asosiy qismini Markaziy harbiy okrugning 201-harbiy bazasi boʻlinmalari tashkil etadi. Tojikistonda joylashgan 201-harbiy baza Rossiyaning oʻz hududidan tashqaridagi eng yirik harbiy obъekti hisoblanadi.