23.01.2024 17:02

Putin va Sisi Misrda AES toʻrtinchi bloki qurilishini boshlab berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning misrlik hamkasbi Abdulfattoh as-Sisi Misrdagi ilk AESning toʻrtinchi energobloki qurilishini boshlab berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Rossiyaning “Rosatom” davlat korporatsiyasi tomonidan RF taqdim etgan kredit hisobiga amalga oshirilayotgan loyiha bir vaqtning oʻzida barcha toʻrtta atom energetika blokini qurishni nazarda tutadi.

“Ad Dabaa” stantsiyasi Oʻrta dengiz sohilidagi Matruh mintaqasida joylashgan boʻlib, birinchi energoblok qurilishi 2022 yilning iyuli, ikkinchisi – noyabrida, uchinchisi esa 2023 may oyida boshlangan.

Misrda AES qurilishi tarixi

1981 yilda Misr rahbariyati Frantsiya bilan atom energeatom elektr stantsiyasini qurishni nazarda tutuvchi shartnoma imzolagan edi. Uni qurish zarurati Misrda energiya resurslarining taqchilligi bilan bogʻliq edi - tabiiy gaz va neftning etishmasligi oʻsha paytda aholisi 45 millionni (hozir – 110,5 million) tashkil etuvchi mamlakat uchun jiddiy muammo edi. Frantsiyaning “Framatom” kompaniyasi (hozirgi “Areva”) tegishli izlanishlarni oʻtkazib, Oʻrta dengiz sohilida joylashgan Matruh provintsiyasi Ed-Daba shahri (Qohiradan 300 km shimoli-gʻarbda) boʻlajak stantsiya uchun tanlandi. Biroq bu loyiha amalga oshirilmadi.

2007 yilda Misr AES qurish gʻoyasiga qaytdi. Loyihada AQSh, Frantsiya, Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy kompaniyalari, shuningdek, Rossiyaning «Rosatom» davlat korporatsiyasi ishtirok etish istagini bildirdi. Xalqaro tenderga dastlab texnik qiyinchiliklar, keyin esa 2011 yilda Misrda boshlangan inqilob va undan keyingi siyosiy beqarorlik toʻsqinlik qildi.

Rossiya bilan hamkorlik

2014 yilda Abdul Fattoh as-Sisi hokimiyatga kelganidan keyin loyihaga qaytishga qaror qilindi. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 2015 yil fevralʻ oyida Qohiraga tashrifi chogʻida tomonlar AES qurish boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladi.

Mavzuga aloqador