26.06.2025 07:32
62

RF taъlim vaziri ayrim MDH davlatlari tarixi "oʻzgartirilishiga" ishora qildi



Rossiya taъlim vaziri Sergey Kravtsov Davlat Dumasidagi majlisda soʻzga chiqib, MDH ayrim mamlakatlaridagi tarix darsliklarida Rossiyaga nisbatan salbiy munosabat borligini iddao qildi. Uning aytishicha, bunday yondashuv ayniqsa, sovet davriga toʻgʻri keladi.

Uning soʻzlariga koʻra, Taъlim vazirligi MDH davlatlarining tegishli vazirlari bilan yagona tarixiy oʻtmishni talqin qilish boʻyicha yondashuvlarni kelishish ustida ishlamoqda.

U gap qaysi davlatlar haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan. Kravtsovning qoʻshimcha qilishicha, Rossiya ushbu davlatlar bilan nafaqat "yagona taъlim, madaniy va ruhiy makon", balki "Evroosiyo qitъasining kelajagini ham" qurmoqda.

Kravtsov oldinroq ham qator mamlakatlarning tarix darsliklarida ruslarga munosabat yomonligini taъkidlagan edi.

Mavzuga aloqador