14.11.2024 16:22
187

Qurʻʻoni karimning oʻzbek tilidagi yana bir maʻʻnolar tarjimasi chop etildi

Oʻzbekiston Islom tsivilizatsiyasi markazi Qurʻʻoni karimning oʻzbek tilidagi yangi maʻʻnolar tarjimasini chop etdi, deya xabar bermoqda Xabar.uz. «Anvorul-Qurʻʻon: «Fayzul-Furqon» – oʻzbek tilidagi ettinchi toʻliq tarjimadir. 

«Fayzul-Furqon» tarjimasi nashriga ancha oldin, yaʻʻni chorak asr ruxsat berilgan boʻlsa-da, mohir tarjimon Mirzo Kenjabek tarjimani tobora takomillashtirish maqsadida uni koʻp nusxada chop etishga shoshilmagan. Tarjimonning yozishicha, ushbu tarjima 2009 yil 19 mart kuni nihoyasiga etgan, soʻnggi tahriri esa 2021 yil 6 aprelda tugallangan», – deb yozdi akademik Akmal Saidov «Jadid» gazetasining joriy yil 46-sonida chop etilgan maqolasida.

Qayd etilishicha, hozirga qadar Qurʻʻoni karimning oʻzbek tiliga maʻʻnolar tarjimasi toʻliq holda quyidagi mualliflar tomonidan amalga oshirilgan:

1. Sayyid Mahmud Taroziy – Oltinxon Toʻra (1994);
2. Shayx Hoji Muhammadjon Mavlaviy Hindistoniy-Qoʻqandiy – «Bayonul Furqon fi tarjimatul Qurʻʻon»;
3. Shayx Alouddin Mansur – «Qurʻʻoni karim. Oʻzbekcha izohli tarjima» (1992);
4. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf – «Tafsiri hilol» (1991);
5. Shayx Abdulaziz Mansur – «Qurʻʻoni karim maʻʻnolarining tarjima va tafsiri» (2001);
6. Shayx Usmonxon Alimov – «Tafsiri irfon».

Mohir mutarjim Mirzo Kenjabek tomonidan amalga oshirilgan ettinchi tarjimaga mufassir, hofizi Qurʻʻon, oʻn qiroat boʻyicha ijoza sohibi Hasan Tahsinning tarjimasi, taʻʻvil, izoh va sharhlari asos qilib olingan.

Akademik A.Saidovning yozishicha, Qurʻʻonning dunyodagi turli tillarga tarjima qilinishi buyuk madaniy-maʻʻrifiy hodisadir. Hozirga qadar Kalomulloh 250 dan ortiq tilga koʻp marotaba, takror-takror tarjima qilingan. Jumladan, ingliz tilida 120 ga yaqin, frantsuz tilida 120 dan ortiq, rus tilida 20 dan ortiq, lotin, ispan, nemis va boshqa tillarda ham koʻplab tarjimalar mavjud.

Mirzo Kenjabek hozirga qadar Imom Termiziyning «Sunani Termiziy», «Ash-Shamoili al-Muhammadiyya», Muhammad Zohid Qoʻtquning «Ahli sunnat val-jamoat aqoidi», Shayx Mavlono Ahmad Ziyouddin Kumushxonaviyning «Jomiʻʻ ul-mutun», Abul-Futuh Shayx Ahmad Gʻazzoliyning «Bahrul mahabba», Mahmud Asʻʻad Joʻshonning «Haqiqiy sevgi», «Tasavvuf va goʻzallik», «Murshidi komil hikmatlari», Qutbiddin Iznikiyning «Murshidi mutaahhiliyn», Hoji Ahmadjon Maxdum Hanafiy-Naqshbandiyning «Risolai sujudi sahv» kabi ilmiy-maʻʻrifiy va hadis kitoblarini ona tilimizga tarjima qilgan.

Mavzuga aloqador