Mossad rahbari Evropada Qatar bosh vaziri bilan uchrashdi
Mossad rahbari David Barnea 15-16 dekabrʻ kunlari Evropada
Qatar bosh vaziri Shayx Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy bilan uchrashdi. Uchrashuvda
Gʻazoda qolgan garovga olinganlarni ozod qilish boʻyicha Hamas bilan bilvosita muzokaralarni
qayta boshlash muhokama qilindi,
deya xabar berdi The Wall Street Jornal Vashingtondagi manbalariga tayanib.
Manbalarning
qayd etishicha, Barneaning Qatar bosh vaziri bilan uchrashuvi uzoq va murakkab muzokara
jarayonining boshlanishi xolos. Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Bill Berns va
Misr razvedka xizmati rahbari Abbas Kamil
muzokaralar qayta boshlangani haqida xabardor qilingan.
Qatar vositachilari oʻtgan hafta Isroil rasmiylari bilan
bogʻlanib, Hamas bilan
bilvosita muzokaralarni qayta boshlashdan manfaatdor yoki yoʻqligini bilishgan, deya xabar qildi
Amerikaning Axios nashri.
Nashr suhbatdoshlaridan birining aytishicha, kelishuv ayollar, qariyalar, ogʻir kasal va ogʻir tan jarohati
olganlarni ozod
etishni oʻz ichiga olishi mumkin.