19.02.2025 16:26

Qozonlik qoriya qizlar koʻpchilikni hayratga soldi



Qozon shahrida boʻlib oʻtgan Qurъon tilovati musobaqasi nafaqat oddiy tomoshabinlarni, balki hakamlar hayъatini ham hayratga soldi, deydi «Ravza» jomeъ masjidi imom-xatibi Ilnur Vafin.

Uning aytishicha, tanlovda Qozonning 14 ta masjidida saboq olgan 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan 50 nafar qiz ishtirok etgan. Gʻoliblar toʻrt yoʻnalish boʻyicha aniqlangan: Qurъoni Karim tilovati, oxirgi 10 surani yod olish, 30 pora va uning yarmini yod olish. 

Har bir yoʻnalish boʻyicha birinchi oʻrinlarni Amina Mustafina («Buxoro» masjidi), Alima Bikiteeva («Ravza» masjidi), Maryam Bikiteeva («Ravza» masjidi) va Riana Nasreeva («Rashida» masjidi) egalladi. 

Imom-xatibning soʻzlariga koʻra, musobaqa ketma-ket ikkinchi yil oʻtkazilib, ishtirokchilar yil davomida katta yutuqlarga erishgan. Masalan, oʻtgan yili 10 ta sura yod olganlar hozir 30 poraning yarmini, baъzilari esa butun porani yod olishgan.

Qurъon oʻrganish markazi vakillaridan iborat bilimdon hakamlar hayъati qizlarning fidoyiligi va bu qadar maъnaviy yuksalishidan hayratda qolgan. Gʻolibalarga pul mukofotlari, qolgan barcha musobaqa ishtirokchilariga sertifikat va shirinliklar topshirilgan.

Mavzuga aloqador