10.07.2025 10:13
42
Qozogʻistonlik sportchilarga soʻkinish va oʻz diniy eъtiqodini namoyish etish taqiqlandi
Qozogʻistonda sportchilar, murabbiylar va sport hakamlariga soʻkinish hamda oʻz diniy eъtiqodini namoyish etish taqiqlandi.
Turizm va sport vazirligining yangi buyrugʻiga koʻra, sportchilarning mashgʻulotlar haqidagi maъlumotlarni oshkor qilishi yoki ommaviy joylarda spirtli ichimliklar isteъmolidan tiyilishi kerak. Qozogʻiston sharafini himoya qilayotgan sportchilar raqiblar, tomoshabinlar, tashkilotchilar, koʻngillilarni kamsitishi va siyosiy namoyishlarda ishtirok etmasligi talab qilinadi.
Bundan tashqari, sportchilar madhiyani ijro etish vaqtida axloq meъyorlariga rioya qilishi, hakamlarning qarorlariga hurmat bilan yondashishi, omma oldida tortishuvlardan qochishi, OAV vakillari bilan hurmat asosida muloqot qilishi va boshqa sportchilar uchun oʻrnak boʻlishi lozim. Hujjat eъlon qilinganidan 10 kun oʻtgach kuchga kiradi.