Foto: polisia.kz

Qozogʻistondagi Samara-Chimkent yoʻlida Toyota Alhpard avtomobili Volvo yuk mashinasi bilan toʻqnashib ketdi. Natijada engil avtomobilda boʻlgan 8 nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi. Oʻzbekiston prezidenti ularning jasadini Mudofaa vazirligi samolyotida vatanga qaytarish hamda dafn marosimlarini oʻtkazish boʻyicha topshiriq berdi.

3 aprelʻ kuni Qozogʻistonning Aqtoʻbe viloyatidan oʻtgan Samara-Shimkent yoʻlida Toyota-Alhpard hamda Volvo rusumli yuk avtomobili ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. YTH natijasida Toyota-Alhpard avtomobilida boʻlgan 8 nafar Oʻzbekiston fuqarosi voqea joyida vafot etdi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev topshirigʻi bilan ular jasadi Mudofaa vazirligining maxsus havo borti orqali vatanga qaytariladi. Ularni olib kelish va dafn marosimlarini oʻtkazish boʻyicha hukumat komissiyasi tuzildi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining qayd etishicha, baxtsiz hodisada vafot etganlarni Mudofaa vazirligining maxsus havo borti orqali vatanga olib kelish va dafn etish marosimlarini oʻtkazish boʻyicha hukumat komissiyasi tuzilib, kerakli barcha zarur chora-tadbirlar koʻrilmoqda.

«Favqudodda vaziyatlar vazirligi masʻʻullari qozogʻistonlik hamkasblari bilan doimiy aloqada boʻlib, baxtsiz hodisani kelib chiqish sabablarini oʻrganish boʻyicha hamkorlik ishlarini olib bormoqda», — deyiladi xabarda.

Mavzuga aloqador