Qozogʻistonda Rossiya ishtirokidagi zavod qurilishi toʻxtatildi
Qozogʻistonda Rossiya ishtirokidagi temir yoʻl gʻildiraklarini ishlab chiqarish zavodi qurilishi toʻxtatildi. Qiymati 377 mln dollarga baholangan loyiha “hozirgi geosiyosiy vaziyat” tufayli amalga oshmaydigan boʻldi.
Qozogʻistonning
Aktyubinsk viloyatida Rossiyaning “Aktobel” kompaniyasi ishtirokidagi temir yoʻl
gʻildiraklarini ishlab chiqarishga moʻljallangan zavod qurilishi toʻxtatildi. Bu haqda
Railway Supply temir yoʻl transporti yangiliklari portali xabar qildi.
Bunday
qaror akimat davlat maʻʻmuriyati tomonidan “vujudga kelgan xalqaro geosiyosiy vaziyat”
sababli qabul qilingani aytilmoqda.
Avvalroq “Aktobestil”
kompaniyasi 2025 yilda Qozogʻistonning Aktyubinsk viloyatida temir yoʻl gʻildiraklarini
ishlab chiqarish zavodini ishga tushirishni rejalashtirayotgani haqida xabar qilingan edi.
Zavodning qiymati 168 mlrd tenge (377 mln dollar)ga
baholanib, yiliga 330 ming donagacha temir yoʻl transporti uchun gʻildirak ishlab
chiqarishi kerak edi.