15.05.2025 13:51
129

Qozogʻistonda majburiy nikoh uchun 7 yilgacha qamoq jazosi belgilanishi mumkin



Qozogʻistonda nikohga majburlaganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etish rejalashtirilmoqda.https://tengrinews.kz/kazakhstan_news/prinujdenie-k-braku-stanet-ugolovno-nakazuemyim-v-kazahstane-570046/ Oliy Majlis deputati Murat Abenovning maъlum qilishicha, soʻnggi uch yil ichida mamlakatda turmush qurishga majburlanganlardan 214 ta shikoyat kelib tushgan. Ulardan faqat 10 tasi sudgacha etib borgan. Yuzlab jinoiy ishlar shunchaki yopilib ketgan.

Shu sabab parlament aъzolari tez orada Majilisda koʻrib chiqiladigan tuzatishlarni ishlab chiqadi. Yaqin orada Qozogʻistonda "kelin oʻgʻirlash" uchun jazo paydo boʻlishi mumkin. 

"18 yoshgacha boʻlgan qiz yoki kuch ishlatilgan yoki bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan jiddiy holatlar uchun jiddiyroq javobgarlik, hatto 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin", deydi deputat.

Uning soʻzlariga koʻra, meъyor joriy yil oxirigacha ishlab chiqilishi mumkin.

Mavzuga aloqador