11.07.2025 11:32
49

Qozogʻistonda folbinlarning "oshigʻi olchi" boʻlib ketdi

Qozogʻistonda folbinlarning "oshigʻi olchi" boʻlib ketdi

Oʻtgan yili Qozogʻiston aholisi folbinlar va astrologlar xizmatiga deyarli 3 milliard tenge (5,7 mln dollar) sarflagan. Nur.kz nashrining yozishicha, ushbu koʻrsatkich avvalgi yilga nisbatan 75 barobar koʻpdir. 

Gap shundaki, Qozogʻistonda gʻayritabiiy hodisalarga qiziqish kuchaymoqda. Folbinlar, astrologlar va ekstrasenslarga boʻlgan talab aholida sezilarli darajada oshgan. 

Qonuniy faoliyat yuritayotgan folbin va bashoratchilar oʻtgan yili jami 2,9 milliard tengelik soliq toʻlagan. 2023 yilda esa bu koʻrsatkich atigi 39,5 million tengeni tashkil qilgan.

Ushbu summaning katta qismi – 2,7 milliard tenge folbinlar, numerologlar va astrologlar hissasiga toʻgʻri keladi. Ekstrasenslar esa 225,7 million tenge ishlab topgan.

Folbinlarning aksariyati norasmiy ishlashini hisobga olsak, real raqamlar esa bundan ham yuqori boʻlishi mumkin.

Mavzuga aloqador